Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Isroil Hizbulloh va Eronni javob berishga majbur qilmoqda

Isroil Hizbulloh va Eronni javob berishga majbur qilmoqda

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Livandagi so‘nggi hujumlar haqida bayonot berib, ularni Isroilning mintaqadagi kengroq strategiyasi bilan bog‘ladi. Fidan «Anadolu» tahririyatiga bergan intervyusida peyjer portlashlarini mojaroning muntazam avj olishining bir qismi sifatida baholadi.

«Isroilning harakatlari tobora provokasion bo‘lib, Hizbulloh kabi tashkilotlar va Eron kabi davlatlarga javob berishdan boshqa chora qolmaydi», - deydi Fidan.

Vazir minglab insonlar jabrlangan hujumlar ko‘lamini ta’kidlab, Turkiyaning Livandagi jabrdiydalarga tibbiy yordam ko‘rsatish taklifini e’lon qildi.

❕ Fidan Falastin masalasiga ham to‘xtalib, G‘azoda davom etayotgan «qirg‘in va genosid»ni qoraladi. U xalqaro hamjamiyatda bu g‘oyaning qo‘llab-quvvatlanishi kuchayib borayotganini ta’kidlab, ikki davlat tamoyiliga amal qilish zarurligini ta’kidladi.

Kiritildi: 21:36 19.09.2024. O'qildi: 359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!