Livandagi Hizbulloh shia islomiy guruhi rahbari Naim Qosim tarixdagi eng qisqa rahbarlik davriga duch kelishi mumkin. Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vazirligi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida bayonot berdi.
«Hizbulloh Naim Qosimni yangi bosh kotib etib tayinladi. Agar u o‘zidan oldingi Hasan Nasrulloh va Hoshem Safiiddin izidan borsa, uning prezidentlik muddati ushbu terror tashkiloti tarixidagi eng qisqa muddatga aylanishi mumkin», — deya ogohlantirdi Isroil departamenti.