Bir soat ichida Isroil harbiy-havo kuchlari Livan janubidagi ikki shaharga havodan zarba berdi.
Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar bermoqda.
Avvalroq Isroil armiyasi havo hujumlari ehtimoli haqida ogohlantirgan, shundan so‘ng qiruvchi samolyotlar Muxrouna va Jebba shaharlariga hujum qilgan edi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Jebba shahrida aholi zich joylashgan turar-joy hududidagi binoga zarba kelib, uni butunlay vayron qilgan va yaqin atrofdagi hududlarga katta zarar yetkazgan.
Keyinroq Isroil harbiylari Livan janubidagi Al-Majadel va Braashit shaharlariga hujum qildi. Bitta zarba Braashitdagi binoga tegib, uni butunlay vayron qildi.