Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil harbiylarining blokadadagi G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 50 944 nafarga yetdi

Isroil harbiylarining blokadadagi G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 50 944 nafarga yetdi

Bu haqda 12 aprel, shanba kuni G‘azo sektoridagi Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Oxirgi 24 soat ichida mintaqadagi shifoxonalarga 111 nafar yarador va 11 nafar halok bo‘lganlarning jasadi yetkazildi. 2023 yil 7 oktyabrdan beri Falastin anklavida jami yaradorlar soni 116 156 nafarga yetdi. Minglab qurbonlarning jasadlari vayron qilingan binolar vayronalari ostida qolmoqda.

Isroil armiyasi 19 yanvar kuni kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi tugaganidan keyin 18 mart kuni ertalab blokadadagi G‘azo sektoriga intensiv hujumlarni davom ettirdi.O‘shandan beri hujumlarda 1574 kishi halok bo‘ldi, 4115 kishi jarohatlandi.

Kiritildi: 01:41 14.04.2025. O'qildi: 892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!