Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil harbiylari yosh falastinlikni shafqatsiz tarzda kaltakladi – yuzi va jagi sindi!

Isroil harbiylari yosh falastinlikni shafqatsiz tarzda kaltakladi – yuzi va jagi sindi!

Isroil kuchlari tomonidan Xevron yaqinida yosh falastinlik yaralandi.

Falastinning Wafa axborot agentligi xabar berishicha, bosib olingan G‘arbiy Qirg‘oqning Xevron shahridan shimolda joylashgan Arrub qochqinlar lageriga kiraverishda Isroil harbiy xodimlari hujumiga uchragan yosh yigit jarohat oldi.

Wafa muxbirining aytishicha, Isroil askarlari lagerga kirib, uyiga qaytmoqchi bo‘lgan yosh yigitni miltiq qo‘ndoqlari bilan urib, hujum qilgan.

Agentlik xabarida aytilishicha, hujum natijasida yosh yigitning yuzi va jag‘i singani bilan birga boshqa tan jarohatlari ham yetkazilgan.

Shuningdek, Wafa xabar qilishicha, Isroil kuchlari lagerga bostirib kirib, do‘kon egalarini o‘z do‘konlarini yopishga majbur qilgan. Qo‘shimcha qilinishicha, harbiylar mahalliy aholining uylariga qarata tovush granatalarini va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz o‘qlarini otgan.

Kiritildi: 22:48 06.03.2025. O'qildi: 1105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!