Isroil armiyasi ma’lum qilishicha, Livan hududida xizmat vaqtida Iso Masih haykaliga zarar yetkazgan ikki askar jazolandi.
Harbiylar bayonotiga ko‘ra, ular jangovar xizmatdan chetlashtiriladi va 30 kunlik harbiy qamoq jazosini o‘taydi.
Voqea Isroil armiyasi Livan hududida olib borayotgan operasiyalar davomida sodir bo‘lgani aytilmoqda. Armiya rahbariyati bunday xatti-harakatlar intizom qoidalarini buzish sifatida baholanishini ta’kidlagan.
Hodisa bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruvlar davom etmoqda.