Isroil mudofaa kuchlari (IDF) askarlari 7-oktyabr kuni Xamas radikal islomiy guruhi jangarilari hujumiga javob bera olmagani uchun intizomiy choralar bilan yuzlashmoqda, deb xabar beradi The New York Times.
Bosh shtab boshlig‘i general-leytenant Eyal Zamir 23-noyabr, yakshanba kuni o‘nga yaqin yuqori martabali qo‘mondonni chaqirib, ularni lavozimidan chetlatish yoki boshqa intizomiy jazo bilan ogohlantirdi.
NYT ta’kidlashicha, bu “jazo harakati” qo‘shinning yuqori bo‘g‘ini uchun ramziy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin, garchi bevosita barcha yuqori rahbarlarni qamramasa ham.