Isroil havo kuchlarining G‘azo sektorining turli hududlariga bergan yangi zarbalari natijasida 10 nafar falastinlik halok bo‘ldi, ular orasida bolalar ham bor, deb xabar bermoqda WAFA axborot agentligi.
Isroil qiruvchi samolyotlari G‘azo shimoli-g‘arbidagi Shayx-Ridvon hududida, Al-Ahli sport klubi yonidagi uyga zarba berdi, ikki kishi halok bo‘ldi.
G‘azo markazidagi Bureyj qochqinlar lageridagi turar-joy binosiga uyushtirilgan zarbada yetti kishi halok bo‘ldi. Isroil armiyasi artilleriyasi Bureyj lagerining sharqiy qismini va Nuseyrat lagerining shimolini ham o‘qqa tutdi.
Xon Yunus janubidagi Qisan an-Najjar hududida, avvalroq Isroil o‘qlari natijasida yaralangan bir falastinlik halok bo‘ldi. Shayx Nosir mahallasida isroillik qo‘shinlar turar-joy binosiga hujum qilib, uch kishi, jumladan bir chaqaloq va bir keksa ayol jarohat olgan.
Abasan al-Kabira hududida Isroil hujumi oqibatida bir ona va uning ikki farzandi yaralandi. Xon Yunusning janubiy qismida, al-Manara hududidagi turar-joy binosiga ham hujum qilingan.
Shimoldagi Rafah hududida, Misbah hududida Isroil kuchlari bir qancha binolarni portlatib yubordi.
Isroil uchuvchisiz uchoqlari G‘azo sharqidagi Turkman va Zaytun mahallalariga zarba berdi. Bundan tashqari, G‘azo shimolidagi Bayt Lahiya g‘arbida qishloq xo‘jaligi erlarining bir qismi o‘qqa tutildi.