Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil G‘azoga gumanitar yordamni to‘xtatib, uni "qurolga aylantirishda" davom etmoqda

Isroil G‘azoga gumanitar yordamni to‘xtatib, uni "qurolga aylantirishda" davom etmoqda

Jinoyatchi Isroil hukumati mart oyining boshidan beri G‘azoning 2,3 million aholisiga barcha gumanitar yordamni to‘xtatib qo‘ydi. 18 mart kuni Isroil yanvardan beri saqlanib kelayotgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini bir tomonlama buzib, G‘azo bo‘ylab hujumlarni qayta boshladi va yana yuzlab falastinliklarning hayotiga zomin bo‘ldi.

25 mart kuni BMT Isroil havo hujumi natijasida BMTning bolgariyalik xodimi halok bo‘lgani va yana olti nafar xorijlik xodim og‘ir jarohat olgani sababli xalqaro xodimlarining 30 foizini G‘azodan olib chiqib ketishini ma’lum qildi.

BMTning Falastin qochqinlari bo‘yicha agentligi (UNRWA) rahbari Filipp Lazzarini G‘azoda navbatdagi ochlik inqirozi yaqinlashayotgani haqida ogohlantirdi va Isroilni noqonuniy ravishda "gumanitar yordamni qurolga aylantirish"da aybladi.

Bombalar va og‘ir gumanitar vaziyatning birgalikdagi ta’siri G‘azo aholisi uchun sharoitlarni tezlik bilan yomonlashtirmoqda, biroq bu holat 2023 yil oktyabr oyida urush boshlanganidan buyon davom etib kelmoqda.

Kiritildi: 22:02 14.04.2025. O'qildi: 854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!