G‘azo sektorida insonparvarlik yordami bo‘yicha xalqaro tashkilotning xabar berishicha, gumanitar yordam olib ketayotgan Handala kemasi Isroil kuchlari tomonidan qo‘lga olindi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, kema bortida 21 kishi bo‘lgan. Kema ekipaji tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda isroillik askarlarning kemaga o‘tirib, faollarga qo‘llarini ko‘tarishni buyurgan payti tasvirlangan.
Isroil Tashqi ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan bayonotda, Isroil harbiy-dengiz kuchlari Handala kemasini qo‘lga oldi.
Bayonotda qayd etilishicha, kemaning Isroil hududiy suvlariga noqonuniy ravishda kirishining oldi olingan.