Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil G‘azoga BMTning gumanitar yordamini yetkazish uchun maxsus yo‘laklar ochishga va’da berdi

Isroil G‘azoga BMTning gumanitar yordamini yetkazish uchun maxsus yo‘laklar ochishga va’da berdi

Isroil Mudofaa armiyasi (SAXAL) bayonotida aytilishicha, mamlakat siyosiy rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan va “G‘azo sektorida ataylab ocharchilik uyushtirilayotgani haqidagi yolg‘on da’volarni rad etish maqsadida” oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berish uchun BMT karvonlari xavfsiz harakatlanadigan maxsus gumanitar yo‘laklar tashkil etiladi.

Mazkur bayonotdan ko‘p o‘tmay, SAXAL vakili Reuters'ga G‘azoga parashyutlar orqali yordam tashlash yana boshlanganini ma’lum qildi. SAXAL bayonotida "xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan un, shakar va konservalar joylangan yettita konteyner parashyut orqali tushirilgani" aytilgan.

Reuters'ning falastinlik manbalari ham gumanitar yuk parashyutlar orqali tushirilayotganini tasdiqlagan.
Gumanitar tashkilotlar esa parashyut orqali yordam tashlash o‘ta samarasiz usul ekanini qayd etmoqda.

Avvalroq 100 dan ortiq tashkilot G‘azoda ocharchilik tobora avj olayotganidan ogohlantirgan edi. SAXAL bu da’volarni inkor etib, ularni "HAMAS tomonidan ilgari surilayotgan yolg‘on kampaniya" deb atadi. Shanba kuni G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida yil boshidan buyon 127 kishi, jumladan, besh nafar bola vafot etganini ma’lum qilgandi.

"G‘azo aholisi o‘rtasida yordamni taqsimlash uchun javobgarlik BMT va xalqaro gumanitar tashkilotlar zimmasidadir. Shu sababli ulardan yordamni samaraliroq taqsimlash va uning HAMAS qo‘liga tushmasligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlar kutib qolamiz", deyiladi Isroil armiyasi bayonotida.

Kiritildi: 14:07 27.07.2025. O'qildi: 644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!