Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Isroil G‘azoda boshlagan genosidni G‘arbiy Sohilda yakunlamoqchi - Falastin

Isroil G‘azoda boshlagan genosidni G‘arbiy Sohilda yakunlamoqchi - Falastin

Falastin rahbariyati Isroilning G‘arbiy Sohil shimoliy qismiga qarshi hujumlarini qoraladi.

Matbuot kotibi Nabil Abu Rudeyna Isroilning bosib olingan Falastin hududlaridagi "vayronkor tajovuzini" keskin tanqid qildi.

Uning aytishicha, Isroil harbiy kuchlari uy-joylar va mahallalarni portlatib, infratuzilmani, ayniqsa Jenin, Tulkarem, Tubas va Far’ada tizimli ravishda yo‘q qilmoqda.

Rasmiy Vafa axborot agentligi xabar berishicha, matbuot kotibining ogohlantirishiga ko‘ra, Isroil G‘azoda boshlagan "genosid"ni Falastin mahallalariga bostirib kirish, aholi punktlarini kengaytirish hamda bosib olingan G‘arbiy Sohildagi fuqarolarni o‘ldirish va hibsga olish orqali yakunlashga urinmoqda.

Kiritildi: 21:48 24.02.2025. O'qildi: 1296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!