Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil G‘azo sektoriga o‘n minglab zaxiradagi harbiylarni safarbar qilmoqchi — DW

Isroil G‘azo sektoriga o‘n minglab zaxiradagi harbiylarni safarbar qilmoqchi — DW

"Bu G‘azo sektorida HAMASga qarshi operasiyalarni “kuchaytirish va kengaytirish” maqsadida amalga oshirilmoqda", deya bayonot berdi Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL).

Harbiylar HAMASning butun infratuzilmasini (er usti va yer ostidagi) yo‘q qilish uchun yangi hududlarda harakat boshlanishini e’lon qildi.

18 mart kuni Isroil HAMAS bilan ikki oylik sulh muvaffaqiyatsizlikka uchragach, G‘azo sektorida harbiy harakatlarni qayta boshladi. Shundan buyon G‘azoning katta hududlari Isroil nazoratiga o‘tdi va yuz minglab falastinliklar yana o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi, minglab insonlar halok bo‘ldi. HAMAS asirligida hozircha 2023 yil 7 oktyabr kungi hujum davomida garovga olingan kamida 59 isroillik qolmoqda, ulardan 24 nafari tirik bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 12:47 05.05.2025. O'qildi: 514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!