Isroil hukumati XAMAS va Islomiy Jixod tomonidan Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi orqali yuborilgan jasad Isroillik mahbusga tegishli ekanini rasmiy tasdiqladi. Bu haqda Isroil bosh vaziri devonxonasi xabar berdi.
Aniqlanishicha, qoldiqlar ofitser unvoniga ega zaxiratdagi askar Lior Rudayevga tegishli bo‘lgan. Marhumning oilasi dafn marosimini tashkil qilish uchun xabardor qilingan.
G‘azo sektorida esa yangi besh nafar isroillik mahbus jasadi saqlanib qolganligi taxmin qilinmoqda. 10-oktyabrda ot ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganidan so‘ng, omon qolgan mahbuslar ozod etilgan va jami 28 jasad qolgan.
XAMAS va Islomiy Jixod kelishuv doirasida bir necha jasadni topshirgan bo‘lsa-da, ba’zilari tekshirishdan so‘ng isroilliklarga tegishli emasligi aniqlangan. Jasadlarni qidirish jarayoni G‘azodagi vayronalar, infratuzilmaning zarar ko‘rishi va texnika yetishmasligi sababli murakkab kechmoqda.