Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Isroil G‘azo sektorida urushning eng og‘ir bosqichiga o‘tmoqda — The Wall Street Journal

Isroil G‘azo sektorida urushning eng og‘ir bosqichiga o‘tmoqda — The Wall Street Journal

Isroil o‘zining harbiy kampaniyasini G‘azo sektorining janubiga qaratmoqda, u yerda olti haftalik urushning eng og‘ir bosqichi boshlanishi kutilyapti, deyiladi WSJ nashr etgan maqolada. Unga ko‘ra, gumanitar inqiroz chuqurlashib borayotgan bugungi davrda Isroil armiyasi bor e’tiborini HAMASni to‘liq mag‘lub etish hamda garovga olinganlarni qaytarishga qaratgan.

“Isroil G‘azoning shimoliy qismini nazoratga olishga muvaffaq bo‘ldi, ammo ular HAMASning harbiy salohiyatining bir qisminigina yo‘q qila oldilar, xolos. Isroilning HAMAS yetakchilarini qo‘lga olish yoki yo‘q qilish rejasi kutilgan natijani bermadi, ammo ular shu maqsad sari harakat qilmoqda”, deya fikr bildirgan yuqori martabali isroillik amaldor va tahlilchilar nashr bilan suhbatda.

Kiritildi: 16:00 20.11.2023. O'qildi: 984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!