Bugun 26 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 283 kun bo‘ldi

A A A
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 283 kun bo‘ldi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 283 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah, Zaytun hududi, Nusayrat va Burayj lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 38584 kishi shahid bo‘ldi.

▪️Bosqinchilarning Mavashi tumanidagi hujumi chog‘ida ko‘chirilganlarning 1200 ta chodiri vayron qilingan. 400 kishi halok bo‘ldi va yaralandi.

▪️Bosqinchilar Falastinning G‘arbiy sohildagi Jenin, Xalil, Yerixo, Ramallah, Nablus va Tulkarm shaharlariga ommaviy hujumlar uyushtirmoqda. O‘nlab falastinliklar hibsga olingan.

▪️Iordan daryosining g‘arbiy sohilida 4 nafar harbiy bosqinchi hujum natijasida og‘ir yaralandi. Operasiyani amalga oshirgan 27 yoshli Muhammad Shehaba shahid bo‘ldi.

▪️Al-Qassam brigadalari: Biz Tel al-Hava hududi va uning Nitsarim o‘qidagi qo‘mondonlik shtab-kvartirasi yaqinida bosqinchilarga hujum qildik.

▪️Turkiya parlamenti deputati Mesut Do‘g‘an prezident Erdog‘andan Falastin musulmonlarini himoya qilish uchun Isroil va AQShga urush e’lon qilishni talab qildi: “Isroilning zulmini to‘xtatishning yagona yo‘li – harbiy aralashuv! Bundan boshqa hamma narsa o‘zimizni aldash uchun vaqt sarflashdi!” – dedi u.

▪️Husiylar Adan ko‘rfazida Isroilning MSC UNIFIC kemasini yo‘q qildi va Umm ar-Rashrashdagi harbiy nishonlarga hujum qildi.

▪️Falastin ma’muriyati Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun 8 nafar sportchini yubordi. Urush boshlanganidan beri fashistlar G‘azoda 400 nafar sportchi va murabbiyni o‘ldirdi.

Kiritildi: 23:20 15.07.2024. O'qildi: 1211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!