Isroil hukumati G‘arbiy Sohilda 19 ta yangi yahudiy posyolkasi qurilishini ma’qulladi.
Bu haqda Britaniyaning The Guardian gazetasi xabar bermoqda.
Bu so‘nggi yillardagi yangi aholi punktlarining umumiy soni 69 taga yetdi. Isroil moliya vaziri Besalel Smotrichning so‘zlariga ko‘ra, bu rekord ko‘rsatkichdir.
Nashrning qayd etishicha, Isroilning amaldagi hukumati davrida G‘arbiy Sohildagi yahudiy aholi punktlari soni deyarli 50 foizga oshgan. 2022 yilda u yerda 141 ta aholi punkti mavjud edi. Yangi qurilishning tasdiqlanishi bilan bu raqam 210 taga yetdi.