Isroil qamoqxona xizmati G‘azo sektorida radikallar tomonidan garovga olinganlarni qaytarish bo‘yicha kelishuv doirasida falastinlik mahbuslarni ozod qilish jarayonini boshladi.
Bu haqda “TASS”ga tayanib, “Report” xabar bermoqda .
Uning so‘zlariga ko‘ra, mahbuslar Ofer qamoqxonasidan olib chiqilib, avtobuslarga joylashtirilib, ozodlik joylariga olib borishga tayyorlanmoqda.
8-fevral kuni G‘azo sektorida garovga olingan uch kishini qaytarish evaziga 183 nafar falastinlik mahbus Isroil qamoqxonalaridan ozod qilinadi.