Joriy yil boshida Isroil tomonidan G‘azoda amalga oshirilgan aviahujumlar oqibatida Falastin tarixiga oid o‘n mingdan ziyod kitob va hujjat yo‘q bo‘ldi.
Anadolu xabarida aytilishicha, G‘azoning Ar-Rimal mavzesida joylashgan Hujjatlashtirish va tadqiqot markazining 6 qavatli binosi 4 maydagi aviahujum oqibatida vayronaga aylangan. Mazkur markaz 22 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Isroilning bu markazni nishonga olishi Falastin shuuri va madaniyatini nishonga olishi demakdir , deydi Hujjatlashtirish va tadqiqot markazi rahbari Nohid Zakut.
Falastin madaniyat vazirligi esa markazga uyushtirilgan hujumni Falastin xalqining xotirasini nishonga olgan urush jinoyati deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, 4-5 may kunlari Isroilning G‘azoga hujumlari tufayli 25 falastinlik halok bo‘ldi, ulardan 3 nafari ayollar va 2 nafari chaqaloqlar edi. Ayollardan ikki nafari homilador bo‘lgan. Falastinlik guruhlar Isroilga otgan raketalari natijasida 4 isroillik halok bo‘ldi.
Manba: azon.uz