"Biz Eronning yadroviy infratuzilmasini abadiy zararsizlantirishga juda yaqin bo‘lishimiz mumkin". Bu haqda Isroilning AQShdagi elchisi Yexiel Leyter CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tel-Aviv Eron yadroviy infratuzilmasiga “kampaniya tugamaguncha” qanday zarar yetkazilishi mumkinligini bilmaydi.
“To‘rt-besh kundan keyin menga bu savolni bering, men harbiylarimiz turli yadroviy ob’ektlarga yetkazishga muvaffaq bo‘lgan zararni baholagandan keyin aniqroq baho bera olaman”, dedi Leyter.
Shu bilan birga, diplomat Isroil Eron xalqiga qarshi emas, balki “atom energiyasiga ega bo‘lishni maqsad qilgan rejim”ga qarshi urush olib borayotganini ta’kidladi.