Isroil mudofaa kuchlari Eronning strategik mudofaa tizimlariga qarshi amalga oshirilgan yirik harbiy zarba yakunlanganini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, zarar darajasi baholanmoqda. Keyingi nishonlar aniqlangach, yangi zarbalar seriyasi amalga oshirilishi mumkin.
Qo‘shma Shtatlar o‘z zarbalari to‘liq yakunlangani haqida rasman bayonot bermagan.
Eron tomoni ham harbiy harakatlar to‘xtatilganini e’lon qilgani yo‘q.