Isroil mudofaa vaziri Isroil Kasning aytishicha, agar AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, Isroilning Eronga qarshi keyingi hujumlari energetika va infratuzilma ob’ektlariga qaratilgan bo‘ladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hujumlar Eronni “qorong‘ulik va tosh davri”ga qaytarishi mumkin.
Isroil manbalariga ko‘ra, yangi operasiyalar avvalgi zarbalarning davomi bo‘lib, Eronning “eng zaif nuqtalariga” kuchli ta’sir ko‘rsatish maqsadida rejalashtirilmoqda.