Financial Times gazetasining yozishicha, Isroil armiyasi "Hizbulloh"ga qarshi operasiyaga oldindan tayyorgarlik ko‘rgan va Eronga zarba berishdan oldin ham Livanda hujum boshlashni muhokama qilgan.
Isroil hukumati oyatulloh Ali Xomeneyning o‘ldirilishidan keyin Eronparast "Hizbulloh"ning zarbalariga javoban taqdim etgan Isroil armiyasining Livan janubidagi hujumi nafaqat oldindan rejalashtirilgan, balki Tehronga qarshi harbiy operasiyalar natijasidan qat’i nazar davom etishi mumkin.
Gazetaning yozishicha, Isroil armiyasi Isroil qo‘shinlarini Livan sharqiga, "Hizbulloh"ning tayanch nuqtasi hisoblangan Bekaa vodiysiga kiritish imkoniyatini o‘rganmoqda. Biroq, hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Livan va Isroil o‘rtasidagi keskinlik 1 mart kuni "Hizbulloh" AQSH-Isroil hujumlari paytida Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomeneyning o‘ldirilishi uchun qasos olishni da’vo qilib, Isroil nishonlariga hujum qilganidan keyin kuchaydi.
3 mart kuni Isroil armiyasi qo‘shinlari chegarani kesib o‘tib, Livan janubida bir nechta tayanch nuqtalarini o‘rnatdi. Isroil mudofaa vaziri Israel Kas "Hizbulloh"ning Isroil chegara jamoalarini nishonga olishining oldini olish uchun qo‘shinlarning oldinga siljishi zarurligini aytdi. Isroil shuningdek, Livan hududiga zarbalarini kuchaytirdi va kuniga yuzdan ortiq nishonga zarba berdi.
10 mart kuni Isroil Livandagi 700 dan ortiq "Hizbulloh" nishonlariga hujum qildi. Yo‘q qilingan nishonlar orasida taxminan 100 ta Radvan pozisiyalari va 100 dan ortiq turli xil inshootlar, jumladan, Beyrutdagi 35 ta osmono‘par binolar bor edi.