Isroilning strategik masalalar bo‘yicha vaziri Ron Dermer juma kuni Iron va Yevropa mamlakatlari o‘rtasida Stambulda o‘tadigan muzokaralar arafasida Parijga yetib bordi.
Report nashri Al Arabiya manbasiga tayangan holda xabar berishicha, Dermer Fransiya poytaxtidagi rasmiylar bilan Yevrotroyka (Britaniya, Fransiya, Germaniya) va Iron o‘rtasidagi muzokaralar hamda Tehronning yadro dasturi haqida muhokama o‘tkazadi.
Ma’lum qilinishicha, muzokaralar 25 iyul, juma kuni Turkiyada, ya’ni Stambulda o‘tkaziladi. Unda tomonlar tashqi ishlar vazirlarining o‘rinbosarlari darajasida ishtirok etishi kutilmoqda.