Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Isroil Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining asosiy vakillaridan biri o‘ldirilganini ma’lum qildi

Isroil Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining asosiy vakillaridan biri o‘ldirilganini ma’lum qildi

Isroil mudofaa kuchlari Livanga berilgan zarbada Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yuqori martabali qo‘mondoni o‘ldirilganini e’lon qildi.

Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

"Bugun ertalab Livanning Nabatiya mintaqasida Isroil armiyasi va Shin Bet so‘nggi yillarda Suriya-Livan hududida Isroilga qarshi rejalar ishlab chiqish va targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining asosiy xodimi Husayn Mahmud Marshad al-Joharini o‘ldirdi”, — deyiladi bayonotda.

U Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining xorijiy operasiyalarini rejalashtirish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan 840-bo‘limning bir qismi edi.

Kiritildi: Bugun 08:20. O'qildi: 469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!