Bugun 27 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Benyamin Netanyahu BMTda “Eron terror o‘qi” deb atagan xaritani ko‘rsatdi

Benyamin Netanyahu BMTda “Eron terror o‘qi” deb atagan xaritani ko‘rsatdi

Benyamin Netanyahu o‘z chiqishida “Eron terror o‘qi” deb atagan xaritani ko‘rsatib, uni dunyo barqarorligi va Isroil mavjudligi uchun xavf deb ta’kidladi.

Netanyahuning aytishicha, o‘tgan vaqt ichida Isroil armiyasi «Hizbulloh» kuchlarini yo‘q qilib, Eron havo hududini nazoratga olgan va uran boyitish ob’ektlariga zarbalar bergan. Shuningdek, Netanyahu Eronning yadroviy va ballistik dasturlarini yo‘q qilganini, xusiylar rahbarlari hamda XAMAS yetakchilarini o‘ldirganini bildirdi.

Netanyahu ko‘ra, BMT Xavfsizlik kengashi Eronga qarshi sanksiyalarni uzaytirishi kerak, aks holda u yadroviy salohiyatini tiklab olishi mumkin. Netanyahu G‘azo shahrida qolgan XAMAS kuchlarini yo‘q qilishga bel bog‘langanini ma’lum qildi.

Kiritildi: 20:57 26.09.2025. O'qildi: 1331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!