Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 271 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️ Bosqinchilar Dayr al-Baloh, Rafah, Zaytun va Shujayya hududlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 37 925 kishi shahid bo‘ldi
▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Jenin, Qalqilya va Tulkarmga bostirib kirdi. 4 falastinlik halok bo‘ldi.
▪️Al-Qassam jangchilari tomonidan tankni portlatish operasiyasi videosi jahon harbiy ekspertlari tomonidan muhokama qilinmoqda.
▪️Al-Qassam brigadalari Shujaya hududida 14 kishi yashiringan uyni portlatib yubordi.
▪️Husiylar Amerikaning USS Theodore Roosevelt aviatashuvchi kemasi Qizil dengizga yetib kelganida raketalar uchun asosiy nishonga aylanishini e’lon qildi.
▪️Iroq qarshilik kuchlari: Yaman bilan birgalikda Hayfadagi harbiy obektga hujum qildik.
▪️Hizbulloh Kiryat Shmonadagi kazarmalarga o‘nlab Katyusha raketalarini uchirdi.
▪️The New York Times: Uzoq davom etgan urush Isroilning harbiy resurslarini tugatdi.
▪️Erdog‘an: Isroilning G‘azodagi hujumlari to‘xtamasa, mintaqadagi barcha davlatlar tahdid ostida qoladi. Netanyaxu mas’uliyatli emas, telba kabi harakat qilmoqda.