Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil Bosh shtabi: G‘azoda uzoq muddatli tinchlik kerak

Isroil Bosh shtabi: G‘azoda uzoq muddatli tinchlik kerak

Isroil armiyasi Bosh shtabi boshlig‘i, general Eyal Zamir, G‘azo sektorida uzoq muddatli peremiriye (tinchlik) uchun chiqish qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 21 oydan beri davom etayotgan urush davomida HAMASni to‘liq mag‘lub etishga erishilmadi, deb xabar beradi Middle East Monitor.

Zamir ta’kidlaganicha, 2023 yil 7 oktyabrda boshlangan va deyarli ikki yil davom etgan tinimsiz janglardan so‘ng armiya “operativ tanaffus”ga muhtoj.

Uzoq davom etgan harbiy harakatlar armiyani modernizasiya qilish va uning salohiyatini tiklash bo‘yicha rejalarni izdan chiqardi. Bu, ayniqsa, shimoliy frontda sezilarli bo‘ldi — u yerda ikki yildan buyon katta mashqlar o‘tkazilmadi.

General Zamir 2026 yilni armiyani qayta tayyorlash va jangovar salohiyatni mustahkamlash yili deb atadi. Isroil armiyasining yillik hisobotiga ko‘ra, G‘azoda davom etayotgan urush Isroil uchun “Talotib urushidan” beri eng uzoq davom etgan jangovar harakatlarga aylandi, ammo hal qiluvchi natijalarga olib kelmadi. Rafah shahriga qilingan ommaviy bombardimonlarga qaramasdan, HAMAS o‘z pozisiyalarini saqlab qolmoqda.

Zamir 2025 yili bosh shtabga rahbar etib tayinlangan va armiyani rivojlantirish bo‘yicha ko‘p yillik dasturni amalga oshirishni rejalashtirgan edi. Ammo 2025 yil mart oyida Isroil tomoni buzgan tinchlik kelishuvi bu rejalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qildi. U harbiy taktikani va operasiya maqsadlarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirib, aniq strategiyaning yo‘qligi va jamoatchilik qo‘llab-quvvatlovining yetishmasligini asosiy muammolar sifatida ko‘rsatdi.

Dushanba kuni The Jerusalem Post gazetasi Eyal Zamir isroillik armiya nazoratidan tashqarida qolgan G‘azoning 25 foiz hududida ushlab turilgan tirik asirlarni xavf ostiga qo‘yishni istamasligini xabar qildi.

2025 yil mart oyida Isroil tomonidan oxirgi tinchlik kelishuvi buzilganidan beri G‘azoda 46 nafar isroillik harbiy halok bo‘ldi.
Umuman olganda, 2023 yil oktyabrida boshlangan Isroilning G‘azoga nisbatan tajovuzidan beri 7 025 nafar harbiy jabrlangan: shulardan 895 nafari halok bo‘lgan, 6 130 nafari esa yaralangan.

Kiritildi: 23:24 23.07.2025. O'qildi: 512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!