Isroil Mudofaa kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i general-leytenant Eyal Zamir Suriyadagi havo hujumlari ortida shu hafta boshida Isroil harbiylari turganini aytdi.
The Times of Israel nashri xabar berishicha, Zamir bu haqda dengiz zobitlariga diplom topshirish marosimida aytib o‘tgan.
"So‘nggi kunlarda bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda zarbalar berdik. Suriyada biz harakat erkinligimizga tahdid soluvchi harakatlarni to‘xtatdik", - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni berilgan zarbalar Homs yaqinidagi harbiy bazaga, shuningdek, qirg‘oq bo‘yidagi Latakiya shahri va tarixiy Palmira shahri yaqinidagi nishonlarga berilgan.