Bugun 21 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Isroil BMTning Falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi UNRWAning Sharqiy Quddusdagi binolarini buzib tashladi

Isroil BMTning Falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi UNRWAning Sharqiy Quddusdagi binolarini buzib tashladi

Bu haqda Reuters xabar berdi.

Xabar berilishicha, Isroil kuchlari buldozerlar yordamida BMT agentligiga tegishli bir nechta yirik bino hamda boshqa kichik inshootlarni vayron qilgan. UNRWA mazkur majmuadan so‘nggi bir yil davomida foydalanilmaganiga qaramay, Isroilning bu harakatini keskin qoraladi.

Agentlik rahbari Filippi Lazzarini Isroilning bu harakatini qoralab, uni “xalqaro huquqqa ochiq va qasddan bo‘ysunmaslikning yangi darajasi” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Isroil tomonidan UNRWA'ga qarshi amalga oshirilayotgan ketma-ket choralarining navbatdagisi hisoblanadi. Jumladan, shu oy boshida agentlikning tibbiy klinikasida reyd o‘tkazilgan, shuningdek, yaqin haftalarda UNRWA inshootlarini elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minotidan uzish rejalashtirilgan.

Isroil parlamenti 2024 yil oktyabr oyida UNRWA'ning mamlakat hududidagi faoliyatini taqiqlovchi hamda rasmiy shaxslarga agentlik bilan hamkorlik qilishni man etuvchi qonunni qabul qilgan. Isroil rasmiylari agentlikning ayrim xodimlari HAMAS guruhi a’zolari bo‘lganini va 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga qilingan hujumda ishtirok etganini da’vo qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!