Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Isroil askarlari Suriyaning Qunaytra viloyatidan chiqarib yuborildi

Isroil askarlari Suriyaning Qunaytra viloyatidan chiqarib yuborildi

Suriyaning janubi–g‘arbidagi Qunaytra viloyatida joylashgan qishloqqa kirgan Isroil qo‘shinlari patruli mahalliy aholi tomonidan toshbo‘ron qilinib, hududdan haydap chiqarildi.

Isroil armiyasi patrullari Qunaytra viloyatining janubidagi Sayda al-Hanut qishlog‘iga kirib, nazorat punkti o‘rnatgan.

Bundan norozi bo‘lgan aholi patrul bo‘linmalariga tosh otib, ularni qishloqni tark etishga majbur qilgan.

Isroil askarlari namoyishchilarni tarqatish maqsadida havoga o‘q uzgan, lekin hodisa natijasida hech kim jarohat olmagan.

Rasmiy Suriya davlat telekanali «Al-Ihbariya» shunday xabar berdi:

“Isroil qo‘shinlari Qunaytra janubidagi Sayda qishlog‘i aholisining noroziligiga javoban havoga o‘q uzdi. Ular qishloqqa kirishda o‘rnatilgan nazorat punkti yaqinida to‘plangan edi”, — deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 14:29 02.11.2025. O'qildi: 1169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!