Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Isroil harbiylari Al-Jazeera'ning Ramallohdagi ofisiga bostirib kirib, uni 45 kunga yopishni talab qildi

Isroil harbiylari Al-Jazeera'ning Ramallohdagi ofisiga bostirib kirib, uni 45 kunga yopishni talab qildi

Telekanal 22 sentyabrga o‘tar kechasi qo‘shinlarning idoraga kirib, 45 kun davomida translyasiyani to‘xtatish to‘g‘risidagi harbiy buyruqni uzatayotgani tasvirini ko‘rsatdi. Shundan so‘ng, eshittirish to‘xtatildi, deb yozadi Reuters. Oq uy avvalroq, agar Al Jazeera'ni yopish rejalari haqidagi xabarlar tasdiqlansa, bu «tashvishli» bo‘ladi, chunki bunday harakat so‘z erkinligini bevosita buzadi.

Eslatib o‘tamiz, may oyi boshida bosh vazir Benyamin Netanyaxu Isroilda Al Jazeera yopilishini ma’lum qilgandi. Telekanal, ayniqsa, 2023 yil 7-oktabrda XAMASning teraktidan keyin mamlakat arab aholisini davlat va uning armiyasiga qarshi zo‘ravonlikka undaganlikda ayblanmoqda.

Natijada Isroil parlamenti «dushman OAV»ni yopishga ruxsat beruvchi qonunni ma’qulladi. Bu normaga ko‘ra, aloqa vaziri bosh vazirning roziligi bilan, agar bu davlat xavfsizligiga ziyon yetkazadigan bo‘lsa, Isroildan va Isroil hududidan chet el kanali efirini to‘xtatishga buyruq berishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 14:17. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!