Bugun 21 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Isroil armiyasi va HAMAS o‘rtasidagi otishmalar qayta avj oldi

Isroil armiyasi va HAMAS o‘rtasidagi otishmalar qayta avj oldi

Falastin manbalariga ko‘ra, G‘azo sektoridagi Xon-Yunus atrofida yuz bergan hujumlar natijasida oxirgi kunlarda 30 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida bolalar va ayollar ham borligi xabar qilinmoqda.

Isroil armiyasi (SAXAL) o‘z bayonotida HAMAS a’zolari «sariq chiziq» deb ataluvchi hududda isroillik harbiylarga o‘t ochganini, shu bilan o‘tgan oyda tuzilgan kelishuv shartlarini buzganini ma’lum qildi. Armiyaga ko‘ra, isroillik harbiylar orasida jarohat olganlar yo‘q.

Associated Press agentligining mahalliy manbalarga tayanib xabar qilishicha, Xon-Yunusda Isroilning ikki havo zarbasi natijasida 5 kishi halok bo‘lgan. Nassir shifoxonasi 17 ta jasad keltirilganini bildirgan, ular orasida 5 nafar ayol va 5 nafar bola bor. Qurbonlar qochqinlar chodirlari joylashgan hududdan keltirilgan.

G‘azo shahridagi Ash-Shifo shifoxonasi havo zarbalaridan so‘ng 16 kishining jasadi keltirilganini ma’lum qildi. Ular orasida 7 nafar bola va 3 nafar ayol bor.

HAMAS harakati ma’lumotiga ko‘ra, ular Isroil armiyasiga o‘t ochmagan va barcha ayblovlar «asossiz». Guruh Isroilning navbatdagi havo zarbalarini «qattiq qoraladi».

Falastin shifoxonalari vakillari qurbonlar sariq chiziqning ikki tomonidan keltirilganini aytmoqda. Bu chiziq o‘tgan oydagi kelishuv doirasida belgilangan bo‘lib, G‘azoni ikki qismga ajratadi: chiziqning oldi qismlari Isroil armiyasi nazoratida, orqa qismi esa «xavfsiz zona» sifatida belgilangan.

SAXAL xabar berishicha, sariq chiziqka yaqin hududda Isroilga qaratib qo‘yilgan raketa uskunasi topilgan. «Alohida o‘tkazilgan amaliyot» doirasida esa qurol-yarog‘, portlovchi moddalar va harbiy forma topilgani aytilgan.

Kiritildi: Bugun 13:09. O'qildi: 418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!