Isroil armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish rejimi joriy etilganiga qaramay, Livan janubidagi bir qator aholi punktlarida uylarga o‘t qo‘yish va portlatish amaliyotlarini amalga oshirdi.
Livanning NNA rasmiy milliy axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Isroil harbiylari mamlakat janubidagi Nabatiya provinsiyasiga qarashli Bayt-Yahun aholi punktida joylashgan turar joy binolarini yoqib yuborgan.
Bundan tashqari, tongda Isroil armiyasi xuddi shu provinsiyadagi Ayta al-Jabal aholi punkti chekkasida ikkita portlashni sodir etgan.