Isroil armiyasi Bosh shtabi boshlig‘i general-leytenant Eyal Zamir Livandagi radikal "Hizbulloh" harakatiga qarshi harbiy operasiyalarni davom ettirish rejalarini ma’qullaganini e’lon qildi.
Uning so‘zlari Isroil armiyasi matbuot kotibi idorasi tomonidan tarqatilgan.
"Kecha (24 may) men shimolda harbiy operasiyalarni davom ettirish rejalarini ma’qulladim. Biz "Hizbulloh" va uning barcha terroristik tuzilmalariga qarshi zarbalarni kuchaytirishga qat’iy qaror qildik", dedi Zamir.
U "Hizbulloh"ga yetkazilgan zarar "tizimli va izchil" ekanligini ta’kidladi.
"Biz "Hizbulloh" terrorchilariga zarba berishda va ularni yo‘q qilishda, shuningdek, Shimoliy Isroil aholisi va Isroil armiyasi kuchlari uchun xavf tug‘diradigan ularning inshootlarini yo‘q qilishda davom etamiz", deya qo‘shimcha qildi u.