Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

Isroil armiyasi Livan janubidagi 29 ta aholi punkti aholisini evakuasiya bo‘lishga chaqirdi

Isroil armiyasi Livan janubidagi 29 ta aholi punkti aholisini evakuasiya bo‘lishga chaqirdi

Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) Livan janubidagi 29 ta aholi punkti istoqomatchilariga «Hizbulloh» guruhi ob’ektlariga beriladigan navbatdagi aviazarbalar munosabati bilan zudlik bilan evakuasiya bo‘lish haqida ogohlantirish yubordi.

Bu haqda SAXAL vakili Avixay Adrai o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

U ushbu aholi punktlarida yashovchilardan Zahrani daryosidan shimoldagi hududlarga tezkorlik bilan chiqib ketishlarini talab qilgan.

«Biz o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuvni buzishda davom etayotgan «Hizbulloh»ga qarshi qat’iy choralar ko‘rishga majburmiz. Shu sababli, o‘z xavfsizligingiz yo‘lida zudlik bilan uylaringizni tark etishingiz lozim. «Hizbulloh» jangarilari, ob’ektlari yoki harbiy texnikalari yaqinida bo‘lgan har bir kishi o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yadi», — deyiladi bayonotda.

Kiritildi: Bugun 17:15. O'qildi: 165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!