Isroil mudofaa kuchlari so‘nggi 24 soat ichida Livan janubidagi "Hizbulloh"ning 120 ta nishonini yo‘q qildi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
"So‘nggi 24 soat ichida Isroil armiyasi ko‘plab terroristik nishonlarga zarba berdi va Livan janubidagi Isroil armiyasi pozisiyalari yaqinida faoliyat yuritayotgan terrorchilarni yo‘q qildi. Hujumlar natijasida turli hududlardagi 70 ta harbiy inshoot va 50 ta "Hizbulloh" infratuzilmasi ob’ekti yo‘q qilindi", deyiladi bayonotda.
Yo‘q qilingan nishonlar orasida guruhning qo‘mondonlik markazlari va qurol-yarog‘ omborlari bor edi.