So‘nggi ikki kun ichida Isroil Mudofaa Kuchlari Livandagi 150 dan ortiq turli nishonlarga zarba berdi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot kotibi e’lon qildi.
Hujumlarning nishonlari Livan janubida joylashgan Livan radikal harakati Hizbullohga tegishli infratuzilma inshootlari sifatida aniqlandi. Bular orasida qurol-yarog‘ omborlari, qo‘mondonlik va boshqaruv markazlari va raketa uchirish moslamalari bor edi.
Avvalroq Isroil armiyasi Livan janubidagi operasiyalar paytida ikki askarining halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.