Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil armiyasi G‘azo shahri g‘arbidagi binolarga hujumlarini kuchaytirdi

Isroil armiyasi G‘azo shahri g‘arbidagi binolarga hujumlarini kuchaytirdi

Isroil armiyasi falastinliklarni uylarini tark etishga majbur qilish maqsadida G‘azo shahri g‘arbidagi turar-joy binolari va ko‘p qavatli uylarga yirik hujumlarni davom ettirmoqda.

Isroil kuchlari Ebu Rasas binosini vayron qildi, shuningdek, shahar shimoli-g‘arbidagi Kerame mahallasidagi “Tower 5” turar-joy binosining yuqori qavatlariga zarba berdi. Ayidiye ko‘chasida Abdullatif oilasiga tegishli uy buzib tashlangan, Nasr mahallasidagi Ayish binosi esa butunlay vayron qilindi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Isroil Ayish binosiga, shuningdek, Abu Dan oilasiga tegishli turar-joy uyiga ham kuchli zarbalar bergan.

Shuningdek, Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektoridagi Jela ko‘chasida Belha oilasining ko‘p qavatli uyini ham bombardimon qildi.

Isroil armiyasi kun davomida yuzlab falastinliklar yashaydigan binolarni evakuasiya qilishini e’lon qilib, tinch aholi orasida vahima uyg‘otmoqda.

Avvalroq G‘aza fuqarolik mudofaasi boshqarmasi Isroil aholi zich turadigan uylarni ataylab vayron qilib, aholini uylarini tark etishga majbur qilayotgani haqida bayonot bergan edi.

Kiritildi: 14:32 13.09.2025. O'qildi: 221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!