Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorida Falastinning Hamas harakati bilan olib borilgan janglar natijasida ikki askar halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli kapitan Yogev Fazi va 21 yoshli katta serjant Noam Eytan G‘azo sektori shimolidagi jangda halok bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi mojaroning yangi bosqichida halok bo‘lgan isroillik askarlarning soni, armiya matbuot xizmatiga ko‘ra, allaqachon 798 kishini tashkil etgan.