Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Isroil AQShning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qildi, lekin yahudiylar hujum qilishda davom etmoqda...

Isroil AQShning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qildi, lekin yahudiylar hujum qilishda davom etmoqda...

Isroil Vashingtonning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qildi.

Bu haqda yahudiy davlatining BMTdagi doimiy vakili Danni Danon ma’lum qildi.

"Isroil Trampning o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifiga rozi bo‘ldi. Biz jangovar harakatlarni to‘xtatishga tayyormiz, biroq XAMAS rad etmoqda", - dedi u Isroilning Dohaga bergan zarbasi munosabati bilan chaqirilgan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu avvalroq G‘azo sektori aholisini XAMAS boshqaruvidan qutulishga va prezident Tramp ilgari surgan tinchlik taklifiga rozi bo‘lishga chaqirgan edi.

7 sentyabr kuni Tramp XAMASdan G‘azo sektoridagi mojaroni tartibga solish bo‘yicha uning shartlarini qabul qilishni talab qilganini va bu “oxirgi ogohlantirish” ekanligini ta’kidladi. Saudiya Arabistonining Al Hadath telekanali xabariga ko‘ra, Tramp bo‘lajak o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirgandan so‘ng 48 soat ichida XAMASdan barcha garovdagilarni ozod qilish va halok bo‘lgan asirlarning jasadlarini Isroilga topshirishni talab qilgan. AQSh prezidentining taklifida sektordagi jangovar harakatlarni yakuniy tugatish bo‘yicha muzokaralar 60 kun davom etadigan va uzaytirilishi mumkin bo‘lgan sulhdan so‘ng darhol boshlanishiga doir “shaxsiy kafolatlar” ham bor.

9 sentyabr kuni Dohada qator portlashlar sodir bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay Isroil armiyasi matbuot xizmati harbiylar Bosh xavfsizlik xizmati ko‘magida va havo kuchlari ishtirokida XAMAS vakillariga zarbalar berganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 09:40 12.09.2025. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!