Isroilning G‘azo sektorining turli hududlariga uyushtirgan hujumlarida 53 falastinlik halok bo‘ldi.
Isroil armiyasi kun davomida G‘azo sektorining ko‘plab hududlariga havo hujumlarini kuchaytirdi, deya xabar bermoqda tibbiyot manbalari.
Hujumlar G‘azo shahridagi ko‘chirilgan tinch aholi boshpana topgan maktab hamda tinch aholi to‘plangan hududlarni nishonga oldi.
Isroil jangovar samolyotlari va uchuvchisiz uchoqlari tomonidan uyushtirilgan zarbalarda halok bo‘lgan 53 nafar falastinlikning jasadi shifoxonalarga yetkazildi.
Jabrlanganlarga tibbiy yordam Al-Ahli Baptistlar kasalxonasining hovlisida, bino ichida joy yo‘qligi sababli ko‘rsatilgan.
7 oktyabrdan beri Isroil G‘azo sektoriga jadal hujumlar uyushtirmoqda, natijada 46 584 nafar falastinlik, jumladan 17 841 bola va 12 298 ayol halok bo‘ldi. 109 731 kishi jarohatlangan.
Minglab qurbonlarning jasadlari hali ham vayronalar ostida qolmoqda. Isroil hujumlari tinch aholi boshpana olayotgan shifoxona va ta’lim muassasalarini ham nishonga oladi, natijada fuqarolik infratuzilmasi vayron bo‘ladi.