Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ispaniyaning ikki ishonchli nashri Xabi Alonsoning kelajagi bo‘yicha ma’lumot berdi

Ispaniyaning ikki ishonchli nashri Xabi Alonsoning kelajagi bo‘yicha ma’lumot berdi

"Real" bosh murabbiyi Xabil Alonso Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 6-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga (1:2) qarshi o‘yindan so‘ng iste’foga chiqarilmaydi, deya xabar bermoqda Ispaniyaning nufuzli nashrlari Marca va AS.

Avvalroq OAV ispaniyalik mutaxassis "Siti" bilan o‘yin muvaffaqiyatsiz yakunlangan taqdirda iste’foga chiqarilishi mumkinligi haqida yozgandi.

Alonso yozda "Real"ni qabul qilib oldi. Uning qo‘l ostida jamoa 28 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta g‘alaba, 4 ta durang va 5 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

"Real" La Ligada "Barselona"dan 4 ochko ortda qolib, 2-o‘rinda bormoqda. Chempionlar Ligasida Madrid jamoasi 12 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 04:24 11.12.2025. O'qildi: 594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!