Pireney yarimorolida o‘rmon yong‘inlari va qattiq issiqlik to‘xtamaydi — ayrim joylarda harorat 45°C darajaga yetdi. Tabiiy ofatga qarshi kurashish uchun xalqaro yong‘in xizmatlari, jumladan Germaniyadan kelgan otryadlar ham yordamga yetib keldi.
📍 Ispaniyada bir necha kundan buyon favqulodda holat e’lon qilingan. Kuchli yong‘inlar sabab kamida 3 kishi halok bo‘ldi, 10 000 nafardan ortiq odam o‘z uylarini tark etdi.
Ispaniya va Portugaliya Yevropa Ittifoqidan rasman yordam so‘radi. Ispaniyada allaqachon 1400ga yaqin yong‘inchi safarbar etilgan bo‘lsa, yana 500 nafar yordamchi chaqirildi — ular orasida Germaniyadan kelgan otryadlar ham bor.
🇫🇷 🇮🇹 🇸🇪 Fransiya, Italiya va Shvesiya ham o‘zlarining har biri 2 tadan maxsus yong‘in o‘chiruvchi samolyotini yubordi.
📊 Yong‘inlar masshtabi:
Portugaliyada 2025 yil boshidan buyon 139 000 gektar yer yongan — faqat so‘nggi ikki kunda 64 000 gektar.
Ispaniyada EFFIS ma’lumotlariga ko‘ra, shu paytgacha taxminan 157 000 gektar yer yonib ketgan.
Evropada iqlim o‘zgarishlari ortidan bunday keng qamrovli yong‘inlar tobora ko‘payayotgani xalqaro hamkorlikni yanada dolzarb qilayotganini ko‘rsatmoqda.