Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Ispaniyada ommaviy tartibsizliklar avj oldi

Ispaniyada ommaviy tartibsizliklar avj oldi

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, tartibsizliklarga muhojirlarning mahalliy pensionerga hujumi aks etgan video sabab bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Ispaniyaning Torre-Pacheko shahrida yuz bergan, u yerda marokashlik muhojirlar guruhi 70 yoshli Domingo ismli ispaniyalikka hujum qilgan. Voqea aks etgan video tez orada internetda tarqalib, mahalliy aholi orasida g‘azab to‘lqinini keltirib chiqardi.

Kechasi vaziyat keskin tus oldi, muhojirlar guruhlari pichoq bilan yo‘lovchilarga hujum qila boshladi, bu esa ispaniyaliklarning qarshi chiqishiga sabab bo‘ldi. Qarama-qarshiliklar mamlakatning boshqa hududlarini qamrab olgan ommaviy ko‘cha janglariga aylanib ketdi.

Polisiyaga ko‘ra, zo‘ravonlik to‘lqinini ijtimoiy tarmoqlar kuchaytirmoqda, chunki u yerda layk va ko‘rishlar soni uchun odamlarga hujum qilish yangi xavfli tendensiyaga aylanmoqda.

Kiritildi: 20:25 13.07.2025. O'qildi: 867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!