Ispaniyada 28 aprel kuni elektr energiyasi ta’minoti uzilishi sabab kamida besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi El Pais nashri.
Polisiya Oranse provinsiyasida bir oilaning uch a’zosi — er-xotin va ularning farzandi o‘limi bo‘yicha tergov olib bormoqda. Ularning jasadi 29 aprel kuni ertalab topilgan. Dastlabki versiyaga ko‘ra, ular nosoz generatordan chiqqan is gazidan vafot etgan bo‘lishi mumkin.
Alsira shahrida esa 46 yoshli ayol kislorod uzatish apparati ishlamay qolishi oqibatida vafot etgan.
Bundan tashqari, Madriddning Karabanchel tumanida yong‘in oqibatida halok bo‘lgan ayolning jasadi topilgan. Yong‘in sham tufayli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.