Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Ispaniya viza markazi rossiyaliklar uchun viza berish muddatini uzaytirdi

Ispaniya viza markazi rossiyaliklar uchun viza berish muddatini uzaytirdi


"BLS" xalqaro viza kompaniyasi saytida ma’lum qilinishicha, ularning Moskvadagi bo‘limida hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati 45 kungacha cho‘zilishi mumkin. Bu Shengen vizasi uchun arizalar soni sezilarli darajada oshgani bilan izohlanmoqda.

Avvalroq Italiyaning Moskvadagi viza markazi ham yuqori talab tufayli viza berish muddatini 60 kungacha uzaytirgan edi. Rossiya turoperatorlari uyushmasining aniqlik kiritishicha, oldin rossiyaliklar Italiya vizasini 40 kun ichida olishlari mumkin edi.

Iyun oyida Yevropa komissiyasi 2027 yildan boshlab Rossiya fuqarolari uchun viza berishni kuchaytirishga va’da bergandi. Shu bilan birga, Yevrokomissiya viza berish har bir a’zo davlatning o‘z ixtiyorida qolishini, Bryussel esa faqat umumiy nazoratni amalga oshirishini ta’kidlagan.

Kiritildi: 23:44 29.06.2026. O'qildi: 675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!