Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Ispaniya va Portugaliyada elektr ta’minotidagi uzilish quyosh elektr stansiyasi tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin

Ispaniya va Portugaliyada elektr ta’minotidagi uzilish quyosh elektr stansiyasi tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin

Bu haqda DW nashri xabar bermoqda.

Buni Ispaniyaning Red Eléctrica elektr tarmoqlari operatori vakili Eduardo Priyeto ma’lum qildi. Uning aytishicha, Ispaniya janubi-g‘arbida kuchlanishning keskin pasayishi elektr ta’minoti tizimiga zarar yetkazgan, bu esa beqarorlikka va Fransiya tarmog‘idan uzilishga olib kelgan.

"Red Eléctrica boshqaruv tizimiga hodisaga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan hech qanday kiberhujum bo‘lmagan", – dedi Priyeto.

U, bunga quyosh elektr stansiyasidagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi, biroq bu haqda xulosa chiqarishga hali erta ekanligini ta’kidladi.

Portugaliya hukumati ham kiberhujum ehtimolini rad etdi. "Hozirgi vaqtda Portugaliyada kiberhujum harakatlari haqida hech qanday ma’lumotga ega emasmiz", – deya ta’kidladi Portugaliya hukumati vakili Antoniu Leytan Amaru.

Portugaliyaning REN energetika tizimi operatori favqulodda hodisaga nodir atmosfera hodisasi sabab bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminlarni rad etdi.

Hozirgi vaqtda Ispaniya va Portugaliyada telefon aloqasi va internet xizmati qayta tiklandi, deyarli barcha xonadonlarda elektr ta’minoti qayta yo‘lga qo‘yildi, poyezdlar harakati tiklandi, do‘konlar ish faoliyatini boshladi, xodimlar esa o‘z ish joylariga qaytishdi.

Kiritildi: 01:14 30.04.2025. O'qildi: 680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!