Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ispaniya turar-joy muammosiga yechim izlamoqda

Ispaniya turar-joy muammosiga yechim izlamoqda

Ispaniya ko‘hna qit’adagi Yevropa Ittifoqi tarkibida bo‘lmagan, masalan Buyuk Britaniya kabi davlatlardan kelgan norezidentlar sotib oladigan mulkka 100 foizgacha soliq solishni rejalashtirmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Bosh vazir Pedro Sanches ushbu muhim chora mamlakatda uy-joy bilan bog‘liq favqulodda vaziyatni yengillashtirish uchun zarurligini aytdi.

– G‘arb boy mulkdorlar va kambag‘al ijarachilarga bo‘lingan jamiyatga aylanmasligi uchun hozirdanoq bu muammoni bartaraf etish kerak, – dedi mulozim. – YEI a’zosi bo‘lmagan davlatlar fuqarolari 2023 yil yashash emas, balki mo‘may daromad olish uchun Ispaniyada 27 000 ko‘chmas mulk sotib olgan. Uy-joy tanqisligi sharoitida biz bunga yo‘l qo‘ymasligimiz aniq. Ya’ni, mazkur tashabbus “mavjud xonadonlar bilan aholi ehtiyojini qondirishga ustuvor ahamiyat berish” maqsadida ishlab chiqilgan.

Kiritildi: 13:15 14.01.2025. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!