Ispaniya parlamenti bosh vazir lavozimiga Pedro Sanches nomzodini tasdiqladi.
Ovoz berish 16 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi.
Deputatlar Kongressining 179 nafar a’zosi Ispaniya Sosialistik ishchilar partiyasi yetakchisi nomzodini qo‘llab-quvvatladi. Qolgan 171 deputat bunga qarshi chiqdi.
Sanches 2018 yilning 2 iyunidan buyon mamlakat hukumatini boshqaradi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya qiroli Filipp VI 3 oktyabr kuni Pedro Sanches nomzodini bosh vazir lavozimiga taklif qilgan edi.